O‘zbek sportida 13 yil kutilgan yangilik: Artur Guliyev jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
26 avgust 2023
4780Germaniyada o‘tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Artur Guliyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kanoechi 200 metr masofaga kechgan hal qiluvchi poygada eng yaxshi, 38,729 soniyalik natijani qayd etib chempionlikka erishgan. Bu mazkur sport turi bo‘yicha Jahon chempionatlaridagi 13 yil kutilgan oltin medal hisoblanadi. So‘nggi bor Vadim Menkov 2010 yilgi dunyo birinchiligida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.
Shuningdek, ikkinchi o‘rinni ispaniyalik Xoan Moreno (38,769), uchinchi o‘rinni polshalik Aleksey Kolyadix (39,046) qo‘lga kiritgan.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar