O‘zbek klublari ishonchni oqlamadi. “Paxtakor”dan alamli mag‘lubiyat
Sport
−
21 may 2019
4891Avval ma’lum qilganimizdek, kecha, 20 may kuni Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi so‘nggi tur o‘yinlariga start berildi.
Guruhdan keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatni saqlab turgan O‘zbekistonning yagona klubi “Paxtakor” kecha Saudiya Arabistonida “Al Ahli” klubi mehmoni bo‘ldi. O‘yin juda shiddatli kechi avvaldan ma’lum edi. Sababi mana shu o‘yin natijasi ikki klubning biriga navbatdagi bosqich yo‘llanmasini berardi.
Amalda durrang natija ham “Paxtakor”ni keyingi bosqichga olib chiqsa, mehmonlarni faqat g‘alaba qanoatlantirar edi. Shu sababdan o‘yinni o‘zbekistonliklar biroz ehtiyotkorlik bilan o‘tkazdi. Birinchi taymda tomonlar gol kirita olishmadi.
Ikkinchi taymda jiddaliklar g‘alaba kerakligini his qilgan holda hujumga otlanishdi. Natijada, uchrashuvning 69-daqiqasida Umar al-Soma hisobni ochdi. Shundan so‘ng “Paxtakor” ham o‘tkir hujumlar tashkil etishni boshladi. O‘yin yakuniga ikki daqiqa qolganida ikkinchi taym avvalida zahiradan maydonga tushgan Igor Sergeyev hisobni tenglashtirdi.
Bu hisob toshkentliklarni to‘la qoniqtirar edi va bor yo‘g‘i qo‘shib berilgan daqiqalarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan chiqarmasa bo‘lgani edi. Ammo, uchrashuvga qo‘shilgan daqiqalarning ikkinchisi o‘tib borayotgan bir pallada “Paxtakor” himoyasi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, o‘z darvosidan o‘yindagi so‘nggi golni o‘tkazib yuborgan holda alamli mag‘lubiyatga uchradi.
“Al Ahli” – “Paxtakor” 2:1 (0:0, 2:1).
Jidda shahri, “Qirol Abdulla Fahd” stadioni.
Gollar: Umar al-Soma (69, 1:0), Igor Sergeyev (88, 1:1), Abdulrahmon G‘arib (90+2, 2:1).
"Al Ahli": 33. Muhammad Ovays, 3. Muhammad Fatil, 17. Paulo Diaz (16. Nuh Ibrohim, 46), 23. Abdulloh Tarmin, 37. Abdulbosit Hindi, 75. Aderlan Santos, 35. Yusuf Harbi (8. Taysir al-Jassim, 53), 7. Salman Muvashar, 10. Abdulfattoh Asiri, 21. Xorxe Semedo, 9. Umar Soma (s).
“Paxtakor”: 35. Sanjar Quvvatov, 34. Farruh Sayfiyev, 15. Yegor Krimets (55. Marko Simich, 80), 23. Sherzod A’zamov, 3. Hojiakbar Alijonov, 20. Odil Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev (29. Vladimir Kozak, 63), 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan Cheran, 17. Dostonbek Hamdamov (11. Igor Sergeyev, 46), 21. Marat Bikmayev.
Ogohlantirishlar: Yusuf al Harbi (38), Krimets (51), Hindi (73), Abdulloh Tarmin (82), Alijonov (86).