O‘zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
16:50 11619 2 daqiqa
Oliy ta’lim tizimida 57 yildan buyon samarali mehnat qilib kelgan, avtotransport, avtomobilsozlik va yo‘l kommunikatsiyalari sohalariga katta hissa qo‘shgan taniqli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sarvar Muqaddirovich Qodirov kecha, 2 mart kuni 86 yoshda vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.
Sarvar Qodirov 1940 yil 11 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutini 1962 yili muvaffaqiyatli tamomlab, shu institutda avtomobil ekspluatatsiyasi kafedrasida assistent sifatida ishga qabul qilingan. Moskva avtomobil instituti dvigatellar kafedrasi stajyor pedagogi, maqsadli aspiranti, Toshkent politexnika instituti dotsenti bo‘lib faoliyat yuritgan.
U, shuningdek, Toshkent avtomobil yo‘llar instituti avtotraktor dvigatellari kafedrasining dotsenti, avtomobil ishlab chiqarish va ta’mirlash kafedrasi mudiri, professor, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, institut rektori, avtotraktor dvigatellari kafedrasining mudiri, so‘ng professori darajasiga yetgan.
Bundan tashqari u Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash ekspluatatsiyasi instituti avtomobil transporta ekspluatatsiyasi kafedrasi professora darajasiga sazovor bo‘lgan. 1995-2005 yillar davomida rektor sifatida Toshkent avtomobil yo‘llar institutini boshqagan.
Qodirov 2003 yilda qizi Oydin Qodirova bilan hammualliflikda ruscha-inglizcha avtomobil va traktor lug‘atini ishlab chiqqan va u Rossiya texnika universitetlarida amalda qo‘llanilmoqda.
Olimning muallifligidagi darsliklar hozir ham Rossiya va Hindistondagi o‘quv yurtlarida qo‘llaniladi. Qolaversa, uning 40ga yaqin risola, ocherk, qissa, roman va boshqa risolalari chop etilgan. Uning romanlari rus va ingliz tillarida Rossiya va Amerikada nashr qilingan.
Marhumning janoza namozi bugun, 3 mart kuni “Minor Oq” masjidda o‘qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston ta’lim sohasing fidoyi ustozi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, oliy ta’lim a’lochisi Karim Oybekovich Egamqulov 87 yoshida vafot etgandi.
Live
Barchasi