O‘zbek bokschisi bugun kamar uchun jang qiladi
Sport
−
10 aprel 2019
10365Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov bugun, 10 aprel kuni kamar uchun jang o‘tkazadi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Jalolovning o‘zining navbatdagi jangini 10 aprelda amerikalik Palmer Donniyega qarshi o‘tkazishi haqida ma’lum qilingan edi. Ammo, jangga bir kun qolganda raqib o‘zgardi.
Bunga sabab, o‘zbek bokschisi va uning menejerlari kelishgan holda oltinchi jangda titul kamari uchun bahs olib borishni lozim topishdi. Shu tariqa, Bahodir bugun vakant turgan “NABF Junior Heavyweight Title” kamari uchun amerikalik Brendan Barretga qarshi jang qiladi.
Ma’lumot uchun, Barret shu paytgacha 11 marta jang olib borgan bo‘lib, 7 bor g‘alaba qozongan, shuningdek, uning hisobida 2 tadan mag‘lubiyat va durang ham mavjud. O‘zbekistonlik uchun bu oltinchi jang bo‘ladi. Jalolov avvalgi barcha bellashuvlarda muddatidan avval g‘alaba qozongan. Bo‘lajak jangga Nyu-York shahri mezbonlik qiladi.
LiveBarchasi