O‘zbek bokschilari Bakudan 8 ta oltin medal bilan qaytishdi
Sport
−
28 may 2019
390024-27 may kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Ozarbayjonning birinchi prezidenti Haydar Aliyev tavalludining 96 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada yosh o‘zbek bokschilari olamshumul muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Musobaqaga 10 nafar bokschi bilan yo‘l olgan o‘zbek sport delegatsiyasi yakunda O‘zbekistonga 10 ta medal bilan qaytadigan bo‘ldi. E’tiborlisi, sportchilardan 8 nafari o‘z vazn toifasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, atigi ikki bokschi yarim finalda imkoniyatni boy bergan holda bronza medali bilan taqdirlandi.
Haydar Aliyev tavalludining 96 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro turnirda terma jamoa a’zolari quyidagi natijalarni qayd etdi:
Oltin medal sohiblari:
-35,5 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov
-38,5 kg: Hojiakbar Mahmudov
-40 kg: Farruh To‘laganov
-41,5 kg: Jamoliddiin Xoliqov
-50 kg: Lazizbek To‘lqinov
-52 kg: Dalerjon Bozorov
-57 kg: Jahongir Narziyev
-59 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
Bronza medali egalari:
-46 kg: Boburbek Bobojonov
-54 kg: Jasurbek Mo‘minov