UZB belgili avtomobillar qoida buzsa, jarimaga tortilmaydimi? 

Jamiyat

image

VSB, PPP, UZB, ZDF raqamli avtotansport vositalari qoida buzsa, ularning qaysi tashkilotga tegishli ekanidan qat’i nazar jarimaga tortiladi. Bu xaqda QALAMPIR.UZ’ga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Xotamov ma’lum qildi.

QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova VSB, PPP, UZB, ZDF davlat belgili avtomobillar qoida buzsa, ko‘p hollarda YPX xodimi tomonidan to‘xtatilmasligi va jarimaga tortilmasligi sababini so‘radi

“Haqiqatan ham ayrim hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli bo‘lgan avtomobillar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish kuzatiladi. 

Barcha huddularda videokuzatuv moslamalari bor. Yo‘l qoidalarini buzgan har qanday haydovchi va transport vositasiga YPX xodimi tomonidan chora ko‘rilmasa ham, qoidabuzarlik kuzatuv kameralari orqali qayd etiladi va jarimaga tortiladi”, deydi Xotamov

Vazir o‘rinbosari so‘zida davom etar ekan, VSB, PPP, UZB, ZDF belgili avtotransport vositalari harakat vaqtida qoida buzgan taqdirda ham tirbandliklarda YPX xodimlari tomonidan ular uchun yo‘l ochib berilishi sabablarini tushuntirdi. 

“YPX xodimlari VSB, PPP, UZB, ZDF belgili avtotransport vositalariga yo‘l ochib berishlarining ham sababi bor. Ba’zida tezkor xodimlarimiz tomonidan jinoyatchining ortidan quvish yoki favqulodda vaziyatlarda tezkorlik talab etiladi. Aynan shunday holatda radioaloqa vositalari orqali [ularni] ogohlantiramiz va yo‘l ochib berish choralari ko‘riladi. 

Ishontirib aytishim mumkinki, vazirlik rahbariyati bu masalalarga o‘z munosabatini bildiradi. Agar kerakmas vaqtlarda yuqoridagi kabi [VSB, PPP, UZB, ZDF] avtotansport vositalarining qoida buzish holatlari kuzatilsa, albatta, chora ko‘riladi”, deydi vazir o‘rinbosari Xotamov.

Shuningdek, u respublika idoralari avtomobillariga alohida, tabaqalashtirilgan raqam berish nima uchun joriy etilganini aytdi:

“Respublikaning har bir idoralariga raqam berish tizimi avvaldan joriy etilgan bo‘lib, bu tizim orqali vazirliklarni belgilash, ularni ajratish maqsad qilingan”.


 


Maqola muallifi

Teglar

jarima YPX xodimlari UZB

Baholaganlar

422

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing