“UZAVTOSANOAT”: Bizda mashina narxlari Qozog‘iston va Rossiyadan qimmat emas

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “UZAVTOSANOAT” vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Unda rasmiylar O‘zbekistondagi mashinalarning oshgan narxlari bilan qo‘shni davlatlardagi narxlardagi farqlar haqida ma’lumot berildi. Deputatlardan ushbu masalada berilgan savollarga “UZAVTOSANOAT” AK Savdoni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Mirsamukov javob berdi.

  
“Bizda Cobalt narxi 10 028 dollardan boshlanmoqda. Rossiyada bu 10 138 dollardir. Qozog‘istondagi narx – 10 684 dollar. Nexia’ni aytsak, bizda 9 101 dollar bo‘lib, bu mashina Rossiyada 9 831 dollardir. Qozog‘istonda esa Nexia 9 129 dollardan boshlanadi. Spark mashinasi bizdagi narxi 7 710 dollar, Rossiyada 9 831 dollardan boshlanadi. Qozog‘istonda bu mashinaga narx 10 579 dollardan boshlanadi”, deydi “UZAVTOSANOAT” vakili Shuhrat Mirsamukov.

Rasmiy tashkilot vakili shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilayotgan ba’zi narxlarga ishonmaslik kerakligini aytmoqda. 

“Ommaviy axborot vositalarida, internetda tarqalayotgan ko‘p xabarlar bor. Bu o‘sha korxonalarning marketing strategiyasidir. “Perekup” deyiladi. Bizning dilerlardan mashinalarni olgan. Bizda shuncha deb narx ko‘rsatishadi. Keyin o‘sha odamning pulini olishni boshlaydi. Lizing deydi. Yoki boshqa mashinani o‘tkazishga, sotishga harakat qiladi. Ular bizning rasmiy dillerlarimiz emas. Buni o‘rganib chiqdik. Bu bo‘yicha Rossiyada, Qozog‘istondagi odamlarning “kommentariya”lari ham bor”, deydi mas’ul shaxs. 

Bu masalaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spiker o‘rinbosari Alisher Qodirov ham javobga o‘z munosabatini bildirdi.

“Demak, mana aniq bo‘ldi. Qozog‘istonda ham, Rossiya Federatsiyasida ham narxlar bizdan arzon emas ekan. Juda ham tushunarli bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi aytilayotgan narxlar o‘sha davlatlardagi avtomobilni sotishdagi boshlang‘ich bo‘lov bo‘lib chiqmoqda. Lizingni birlamchi to‘lovi , shunga o‘xshash. Mana rasmiy odamdan ma’lumotni oldik. Qozog‘istonda ham narxlar arzon emas. Hatto qimmatroq ekan. Rossiya Federatsiyada ham qimmatroq ekan”, deydi tadbirga moderatorlik qilayotgan Alisher Qodirov. 
 


Maqola muallifi

Teglar

UZAVTOSANOAT

Baholaganlar

674

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing