O‘zbekistonda avtomobillar narxi oshishiga koronavirus sababmi? So‘z “UZAVTOSANOAT”ga

Jamiyat

image

Dunyo bo‘ylab tarqalgan koronavirus ko‘plab mamlakatlarning iqtisodiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakatlarning import va eksport salohiyati soat sayin tushib bormoqda. Turizm sohasini-ku aytmasa ham bo‘ladi. Xo‘sh, O‘zbekistonda “UzAuto Motors” avtomobillarining narxi oshirilishiga koronavirusning ta’siri bormi? Yoki ishlab chiqarishga bu virus qanday ta’sir ko‘rsatadi? Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘z Rizayev yuqoridagi savollar bilan mas’ullarga yuzlandi: 

“Men o‘ylaymanki, matbuotda jiddiy chiqish qilish kerak. Xalqqa tushuntirish kerak. Iloji boricha saytlarga qo‘yish kerak. Jurnalistlar ob’ektiv yoritadi. Bir vaqtlar bu zavod ochilganda, juda faxrlanganmiz. Xalqimiz juda xursand bo‘lgandi o‘sha vaqtda. Lekin bugun e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Narx-navodagi o‘zgarishlar, tushuntirish bermay narxni ko‘tarishlar bunga sabab bo‘lmoqda. Mish-mishlar tarqaldiki, zavod to‘xtagan ekan. Keyingi masala Xitoydagi koronavirus ham ta’sir qildimi? Qancha ehtiyot qismlari Xitoydan keladi?”.

Ushbu savolga “UZAVTOSANOAT” AK Savdoni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Mirsamukov javob berdi. Uning aytishicha, koronavirus boshlanganda, Xitoydan kelitiriladigan ehtiyot qismlar zaxirasi tayyorlangan.
  
“Bizning avtomobil sanoatidagi ehtiyot qismlarining 5 foiz ulushi Xitoydan keladi. Koronavirus boshlanganda ko‘proq ehtiyot qismlarni olib kirib qo‘yishga harakat qilganmiz. Agar bu holat yanada cho‘ziladigan bo‘lsa, bu bizga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Dunyo bo‘yicha 50 ta mamlakatda avtomobil ishlab chiqariladi. Biz ishlab chiqarish bo‘yicha 25-o‘rinda turamiz. Biz shu narsa bilan maqtana olamizki, bizda shu soha bor. Bunga erishgunimizgacha 27 yil vaqt ketdi. 1992 yilda bu qadam boshlandi va 1997 yilda ishlab chiqarish boshlandi. Agar shu holatda 4 milliard so‘m import qiladigan bo‘lsak, agar bu soha bo‘lmasa import qanchaga oshadi? Avtomobil nimaga kerak? Iqtisodiyotni rivojlantirishga kerak. Tahlil qilinganki, xalqning daromadi avtomobil sanoati bilan chambarchas bog‘liq. Har mingta odamga nechta avtomobil to‘g‘ri kelishiga qarab baholanadi. Bizda bu raqam 98ta, AQSHda 940ta. Bu xalqning daromadlari bilan chambarchas bog‘liq. Mana O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga kirishi uchun tayyorgarlik ketmoqda. Bizda ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, deydi Shuhrat Mirsamukov.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors UZAVTOSANOAT

Baholaganlar

285

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing