“UZAUTOMOTORS” narxni pasaytirmoqchi emas, jamiyat sudlashmoqchi
Jamiyat
−
20 avgust 2020
14235Avvalroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishning davomi kecha, 19 avgust kuni ko‘rib chiqilgani, unda AJdan vakil ishtirok etmagani, ish oxirida komissiya “UZAUTOMOTORS” AJ avtomobillar narxini 3 mlndan 19 mln so‘mgacha tushirishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida xabar bergan edik. Komissiya qaroriga nisbatan “UZAUTOMOTORS” AJ e’tiroz bildirib, rasmiy bayonot bilan chiqdi. Unda AJ ushbu ish tinglovida nima uchun vakil ishtirok etmaganiga aniqlik kiritgan.
“2020 yil 19 avgust kuni, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasida “UzAuto Motors”ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risi”dagi Qonuni buzilishi belgilariga nisabatan ochilgan ish bo‘yicha navbatdagi tinglov o‘tkazildi.
Bahsli masalalarni asoslash uchun zarur qo‘shimcha materiallarni tayyorlashga muddat qisqa ekanligi tufayli, “UzAuto Motors” AJ tomonidan ish ko‘rib chiqilishi keyinroqqa qoldirilishi (2005 yil 12 oktyabrdagi 225- sonli VMQga muvofiq)ni so‘rab iltimosnoma yo‘llangandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ish bir taraflama ko‘rib chiqildi, uning yakunida noto‘liq ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilindi”, deyiladi “UZAUTOMOTORS” AJ bayonotida.
Rasmiy izohda qayd etilishicha, avtomobillarni ishlab chiqarish murakkab jarayon. Uni o‘rganish yetarlicha vaqt talab etadi. “UZAUTOMOTORS” faoliyatini yanada chuqurroq va asosliroq o‘rganish kelgusi sud muhokamalari davomida mumkin bo‘ladi – kompaniya esa o‘zining ushbu huquqidan foydalanishni rejalashtirgan.
Komissiya qarorida “UZAUTOMOTORS” AJ joriy yilning mart oyida avtomobillar narxini asossiz oshirgani aytilib, xaridorlarga oshirilgan qismi uchun to‘lov qaytarilishi yuklangan edi. “UZAUTOMOTORS” AJ bunga quyidagicha javob bergan:
“Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanadi.
O‘z navbatida, kompaniya avtomobillar narx asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini ma’lum qiladi”.
LiveBarchasi