UzAuto Motors yangi dvigatel liniyalarini ishga tushirdi

Biznes

image

UzAuto Motors Powertrain zavodida Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarishda foydalaniluvchi CSS-Prime dvigatellarining “Machining head” va “Silindr bloklari” liniyalari ishga tushirildi. Bu haqda UzAuto Motors  xabar berdi

Ushbu dvigatellarni yig‘ish UzAuto Motors Powertrain zavodida 2022 yilning dekabr oyidan boshlangan. Endilikda zavodda ishlanmagan detallar (xomashyo)lar yangi texnologiyalardan foydalangan holda qayta ishlanadi.

Xabarda aytilishicha, mexanik qayta ishlash liniyasining ishga tushirilishi CSS-Prime dvigatellarining mahalliylashtirish darajasini oshirishga, shuningdek, komponentlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘uv liniyasiga yetkazib berish orqali sifatning ham ortishiga sabab bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, “Silindr bloki” va “Machining head”liniyalarini yuqori bosimda ishlab chiqaruvchi quyuv sexi ishga tushiriladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning dekabr oyida CSS-Prime dvigatellarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirilgach, zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 415 000 donaga yetkazilgan.

Zavodning Bosh direktori Bo Anderssonning so‘zlariga ko‘ra, CSS-Prime dvigatellari liniyasining mahalliylashuvi har qanday sharoitda avtomobilning ishonchli ishlashini ta’minlash imkonini beradi. 

“Ushbu dvigatellar Evro-6 standartiga mos keluvchi yuqori ekologik tozalikka ega bo‘lib, bu mahsulotning ichki va tashqi bozordagi istiqbolini yana kengaytiradi", deydi Bosh direktor Bo Andersson.

Bundan tashqari, UzAuto Motors Powertrain zavodi O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda ham dvigatellarni ishlab chiqarmoqchi. Mazkur dvigatellarni yig‘ish to‘liq zavod hududida amalga oshirilmoqda, buning natijasida Chevrolet Onix  va Tracker avtomobillarining mahalliylashtirish darajasi bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan.

Zavod xabarida keltirilishicha, dvigatellarni mahalliylashtirishning navbatdagi bosqichi yangi qurilgan quyuv sexining ishga tushirilishi bo‘lib, bu yerda CSS-Prime dvigatellari uchun qoliplar ishlab chiqariladi. Ushbu quyuv sexida CSS-Prime dvigatellari uchun qoliplar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors yangi dvigatel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing