“UzAuto Motors” xaridorlarga mashina berishni vaqtincha to‘xtatdi
Jamiyat
−
23 dekabr 2019 11139 1 daqiqa
“UzAuto Motors” AJ yangi avtomobillarni xaridorlarga berishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu “tanaffus” joriy yilning 23-25 dekabr kunlari avtomobillar qoldiqlarini inventarizatsiya qilinishi bilan bog‘liq.
Shu bilan birga inventarizatsiya kunlari davomida dilerlar tomonidan avtomobil xarid qilish uchun yangi shartnomalarni tuzish davom etadi.
Kompaniya dilerlik markazlarida inventarizatsiya tugagani haqida onlayn tartibda xabardor qilib boradi.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va sizning tushunishingizdan umidvormiz!”, deyiladi kompaniya xabarida.