UzAuto Motors'ga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
10 yanvar
8524Odiljon Bastamqulov UzAuto Motors bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Bastamqulov UzAuto Motors kompaniyasiga doimiy bosh direktor tayinlanmaguncha rahbarlik qiladi.
2024 yilda UzAuto Motors'ga kelishidan oldin u avtomobil oynasi ishlab chiqaruvchi “Avtooyna” kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
Ma’lumot uchun, uch yildan ortiq vaqt davomida UzAuto Motors kompaniyasini boshqargan Bo Andersson 2024 yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini yakunlagandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saidazim Mirkamolovich G‘ulomov “UzAuto Motors Powertrain” AJ bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar