UzAuto Motors’ga 1 700 nafar xodim ishga qabul qilindi

Biznes

image

UzAuto Motors kompaniyasi uzautojobs.uz platformasi orqali e’lon qilgan vakant lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlovda 10 000 nafarga yaqin nomzod ishtirok etdi. Natijada ochiq tanlov asosida 1 700 nafardan ortiq fuqaro Asaka avtomobil zavodiga ishga qabul qilindi.

Andijon viloyati mamlakatdagi hudud jihatidan eng kichik, aholisi zich yashaydigan viloyat hisoblanadi. Viloyat respublika hududining 1 foizini, aholisi esa qariyb 10 foizini tashkil etadi. Shunday bo‘lsada, viloyatda joylashgan ishlab chiqarish sanoat korxonalari mamlakat iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Xususan, UzAuto Motors kompaniyasi Asaka avtomobil zavodi viloyatning yirik ish beruvchisi hisoblanib, ayni paytda kompaniyada 12 000 nafardan ortiq xodimni ish bilan ta’minlashga erishgan.

UzAuto Motors kompaniyasi 2023 yilda avtomobil ishlab chiqarish hajmini 400 ming dona avtomobilga yetkazishni rejalashtirgan. Ushbu maqsadlarga erishish uchun professional kadrlar tarkibini shakllantirish ustuvor vazifalardan biridir. Kompaniya vakant lavozimlarni eng munosib nomzodlar bilan to‘ldirish maqsadida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, munosib va qobiliyatli shaxslarni ishga qabul qilish uchun qabul jarayonlarini takomillashtirib, mustaqil tanlov jarayonlarini o‘tkazdi. Ochiq tanlov bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, vakant lavozimlarga Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridan jami 10 000 nafarga yaqin nomzodning arizalari elektron tarzda qabul qilindi. 

Nomzodlar kompaniya tomonidan belgilangan malaka talablari asosida saralanib, bilim va ko‘nikmalari test sinovlari, jismoniy va amaliy tayyorgarliklari hamda suhbat o‘tkazish orqali baholandi.

Tanlov natijasida 1 700 nafar munosib nomzodlar turli lavozimlarga ishga taklif etildi. 

“Yoshlarning qobiliyati, qiziqishi, salohiyatidan kelib chiqib, korxonadagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun saralash ishlari olib borilmoqda. Tanlov natijalariga asosan, yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar hamda iqtidorli yosh kadrlarni haq to‘lanadigan stajirovkaga jalb qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Stajirovka yakunida eng yaxshi mutaxassislarga doimiy ish taklif qilinadi”, deydi Xodimlar boshqaruvi direksiyasi direktor o‘rinbosari Muzaffar Shermatov.

Qayd etish joizki, kompaniyada kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Aksariyat yangi ishga qabul qilingan nomzodlar ishni nimadan boshlashni, o‘zini qanday tutishni bilmay qoladi. Korxonada adaptatsiya jarayonini shakllantirish nafaqat xodimning shaxsiy xususiyatlariga, balki korxona samaradorligiga ham bevosita ta’sir o‘tkazadi.

Shuni hisobga olgan holda UzAuto Motors AJ xodimlar direksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan kadrlar siyosati asosida yangi ishchilar kollektivga tezda qo‘shilib ketishi, jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishi, sohani chuqur o‘rganishi, ishni nimadan boshlashi, qanday ishlashi uchun adaptatsiya dasturi ishlab chiqilgan.

Dastur bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda yangi ishga qabul qilingan xodimlar bilan dastlabki trening mashg‘ulotlari olib borildi. Mashg‘ulotlarda kompaniya strategiyasi, missiyasi va qadriyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazilib, korporativ qoidalar, zavodda xavfsizlik qoidalari va eng muhimi, oylik maosh, KPI (korxona samaradorlik ko‘rsatkichlari) kabi bir qator muhim ma’lumotlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Dasturning ikkinchi bosqichida xodimlarga erkin ish muhiti va jamoa bilan tanishib olish imkoniyatlari yaratildi. Trening mashg‘ulotlaridan so‘ng personallar ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing