“O‘zatom” Rossiya elchisining AES bo‘yicha aytganlariga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlar va elektron ommaviy axborot vositalari orqali Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev tomonidan O‘zbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasini qurish uchun shartnoma bo‘yicha bergan izohi jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

Xususay, elchi AES bo‘yicha shartnoma "deyarli tayyor" ekani va masalaning faqat texnik jihatlari qolgani haqida gapirgandi.

“O‘zatom” agentligi mazkur holat yuzasidan  rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha asosiy shartnoma shartlarini muhokama qilish bo‘yicha doimiy muzokaralar o‘tkazib kelinmoqda.

Ushbu shartnomani muhokama qilishda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini inobatga olgan holda muzokara pozitsiyalari ishlab chiqilgan va himoya qilib kelinmoqda.

Hozirda tomonlar loyihaning xavfsizligi va ishonchliligi hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish, shuningdek respublikaning milliy manfaatlaridan kelib chiqgan holda pozitsiyalarini yaqinlashtirish bo‘yicha muzokaralarni davom etmoqdalar.

Bundan tashqari, AESni joylashtirish maydonchasiga tegishli ruxsatnoma olish maqsadida ob’ektni joylashtirish bo‘yicha ustuvor maydonchada keng ko‘lamli muhandislik tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda va AES qurilishi hamda undan foydalanishning atrof muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha hujjat ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu hujjat bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazish hamda jamoatchilik eshittiruvlarini tashkil etish bo‘yicha rejaga asosan ishlar olib borilmoqda.

Tanlangan maydonchada Rossiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan muhandislik tadqiqot ishlari natijalari AES qurilishi bo‘yicha shartnoma shartlarining asosi bo‘lib xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zatom

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing