O‘zaro janjaldan keyin Tramp va Mask qancha boyligidan ayrildi?

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp va Tesla hamda SpaceX kompaniyalari egasi, Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) sobiq rahbari Ilon Mask kecha, 5 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali janjallashdi. Buning ortidan Mask bir kunda deyarli 34 milliard dollar, Tramp esa 1 milliard dollardan ko‘proq daromadini yo‘qotdi. Bu haqda “Bloomberg Billionaires Index” ma’lumotlarida qayd etilgan.

Unga ko‘ra, Trump Media and Technology Group aksiyalari qiymatining 8 foizga tushishi Oq uy rahbariga taxminan 202 million dollar zarar bergan. Donald Tramp uchun jiddiyroq zarba uning TRUMP tangasining taxminan 10 foizga tushishi bo‘ldi, bu esa unga taxminan 900 million dollar zarar bo‘lishi mumkin edi.

Biznesmen Maskning boyligi AQSH Prezidenti bilan ommaviy kelishmovchiliklar tufayli bir kun ichida 334,5 milliard dollarga tushib ketdi. Bu Maskning 2021 yilning noyabr oyidan beri bir kun ichida ko‘rgan eng katta yo‘qotishi bo‘ldi. Shunga qaramay, u dunyodagi eng boy odam bo‘lib qolmoqda.

O‘zaro janjalda Oq uy rahbari Tramp sobiq ittifoqdoshi Ilon Maskning asosiy byudjet loyihasini tanqid qilganidan juda hayratda ekani va hafsalasi pir bo‘lganini aytdi. Trampning saylovoldi kampaniyasiga 250 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan dunyoning eng boy odami Ilon Mask Prezidentning “noshukurligidan” g‘azablanib, usiz saylovda g‘alaba qozona olmasligini aytdi.

“Men bo‘lmaganimda Tramp saylovda yutqazgan bo‘lardi”, deya yozgan Mask o‘zining X sahifasida.

Mask 129 kunlik ish joyidan so‘ng Hukumat samaradorligi idorasidagi o‘z lavozimini tark etdi. U yuqori notada ketdi: Tramp 30 may kuni bo‘lib o‘tgan tantanali matbuot anjumanida unga oltin kalitni sovg‘a qildi.

Mask Trampning hozirda Kongressdan o‘tayotgan byudjet loyihasini qayta-qayta tanqid qilib, uni “jirkanch buzuqlik” deb atadi va “Buning uchun ovoz berganlarga uyat: siz noto‘g‘ri qilganingizni bilasiz” deb yozgan. Qonun loyihasi barcha demokratlar va bir qancha respublikachilarning e’tirozlariga qaramay, aksariyat respublikachilar qo‘llab-quvvatlashi bilan Vakillar palatasi tomonidan qabul qilindi. Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Trampning “katta, chiroyli qonun loyihasi”ga tuzatish kiritilmasa, u AQSH byudjeti taqchilligini taxminan 600 milliard dollarga oshiradi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari an’anaviy tarzda voqeaga memlar yaratish orqali javob bermoqda. Internetning rusiyzabon segmenti Ilon Maskga Rossiyadan siyosiy boshpana berilgani haqida hazil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ilon Mask boylik Trump Media and Technology Group byudjet loyihasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing