O‘zaro janjalda haydovchi erkakka qurol bilan tahdid qildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik aks etgan video tarqalib, unda haydovchilardan biri to‘pponcha bilan o‘qtalgani aks etgan. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu faktning tekshiruvi o‘tkazilib, hodisa ishtirokchilari va kelishmovchilik sabablariga aniqlik kiritildi. Hodisa svetofor ishlamasligi oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan Keles ko‘chasida sodir bo‘ldi.

Ikkita avtomobillar haydovchilari – Matiz rusumli avtomobilni boshqargan 28 yoshli Farhod Yu. va Cobalt avtomobilini boshqargan 51 yoshli Jahongir J. bir-birlariga yo‘l bermaganliklari oqibatida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Janjal davomida Farxod Yu. Jahongirga o‘yinchoq to‘pponcha bilan tahdid qilgan.

Ushbu mojaro bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda, uning natijalariga ko‘ra mojaro ishtirokchilariga huquqiy baho beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent janjal qurol

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing