“O‘zagroinspeksiya” katta inspektori pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida “O‘zagroinspeksiya” bo‘limi katta inspektori pora bilan ushlandi. Bu haqda viloyat prekuraturasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, “O‘zagroinspeksiya” Nishon tumani bo‘limi katta inspektori R.Sh. fuqaro O.B dan o‘ziga tegishli traktori uchun texnik hujjat rasmiylashtirib berish evaziga 3 mln. so‘m pora talab qilgan. Shundan 1 mln so‘mini oldindan olib, joriy yilning 3 mart kuni qolgan 2 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

402

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing