Kelin o‘z uyidan 7 ming dollar o‘g‘riladi
Jamiyat
−
14 yanvar 2020
11017Joriy yilning 9 yanvar kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida tug‘ilgan X. M. ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda “Postda” xabar berdi.
U bir kun avval uning yotoqxonasidagi sandiq ichidan 7 ming AQSH dollarini noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida ushbu jinoyatni arizachining birga yashovchi kelini sodir etganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.
LiveBarchasi