O‘z farzandini shafqatsizlarcha qiynagan erkak ustidan jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
13 may 2023
151352 yashar farzandini ayovsiz qiynoqqa solib kelgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2022 yilning sentyabr oyida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani "Guliston" mahallasida sodir bo‘lgan. 30 yoshli A.N. (erkak) oilaviy kelishmovchiliklar sabab turmush o‘rtog‘i N.F.dan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini muttasil ravishda turli qiynoqlarga solib, ushbu jarayonni uyali telefon apparatiga videoga olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan.
Bugun, 13 may kuni mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Aytilishicha, hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi