Uyni turli viruslardan himoya qilishning eng oddiy usullari
Salomatlik
−
23 mart 2020
15799Dunyoga mashhur “The New York Times” gazetasi uyni koronavirusdan saqlashning eng yaxshi usullariga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi.
Maqolada keltirilgan qo‘llanmada virus tarqalib ketmaslik uchun uyni qanday tozalash borasida maslahatlar berilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu bir necha daqiqa vaqtni oladi.
Avvalo, eng “xavfli” yuza joylarga e’tibor berish kerak. Bunday yuzalarga biz eng ko‘p tegadigan joylar kiradi. Ya’ni, muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, stol, stul, eshik tutqichlari va javonlar. Ularni mikroblarga qarshi vositasi bo‘lgan salfetkalar bilan artib tozalash kerak. Agar uyda bunday salfetkalar bo‘lmasa, mutaxassislar sovunli suv aralashmasidan foydalanishni tavsiya etadi.
Bundan tashqari, sanuzellarni ham toza tutish lozim. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yuvinish va hojatxonadagi sanuzellar, ayniqsa, doim diqqat markazda bo‘lishi kerak. Tozalash ishlari har kun amalga oshirilgani ma’qul.
Tozalashning boshida va oxirida qo‘lni har doim bakterialarga qarshi vosita bilan yuvish kerak. Shuningdek, tozalashda ishlatilgan qo‘lqoplarni tozalashni ham unutmaslik lozim, deydi mutaxassislar.
Avvalroq, koronavirus uyga poyabzallar orqali ham kirib borishi haqidagi gaplar qanchalik asosli ekanligiga oydinlik kiritgan edik.
LiveBarchasi