Koronavirus poyabzal orqali uyga kiradi degan gap qanchalik asosli?
Salomatlik
−
23 mart 2020
12830Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus uyga poyabzallar orqali ham kirib borishi mumkin, degan ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining (Chinese Center for Disease Control and Prevention) tahlilchisi Fen Lu Chjaoning so‘zlariga ko‘ra, Covid-19 virusi, asosan, havo tomchilari orqali yuqadi.
- Tomchilar yerga tushganidan so‘ng, poyabzallar tomonidan ushlangan virus miqdori juda ham kam miqdorni tashkil etadi. Kundalik hayotda oyoq kiyim tagligini dezinfeksiyalashga hojat yo‘q”, dedi tahlilchi.
Avvalroq, koronavirus bilan bog‘liq umumiy vaziyatda aholi uchun immunitetni saqlash eng muhim omilligi, shu bois, karantin vaqtida qanday mahsulotlar iste’moliga e’tibor qaratish lozimligi haqida ma’lum qilgan edik.
Ayni kunga kelib jahonda koronavirusga chalinganlar soni 347 151 kishiga yetdi. 97 932 nafar bemor shifo topgan bo‘lsa, 14 786 nafari hayotdan ko‘z yumdi.
2020 yilning 11 mart kuni koronavirus pandemiyasi e’lon qilindi.