Uyimizning tomigacha paxta ekdik, lekin kosamiz oqarmadi – Mirziyoyev

Intervyu

image

O‘zbek xalqi 100 yil egilib paxta terdi. Millionlab odamlar har yili paxta dalasiga majburan olib chiqildi. Eng achinarlisi, ular orasida bolalar ham bor edi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning matbuotga bergan ilk intervyusida so‘z borgan. 

“Sobiq mustabid tuzum davrida “tepa”dan buyruq bo‘lmasa, bir qadam bosishga ham haqqimiz yo‘q edi. Ahvol shu darajaga yetib borgan ediki, uyimizning tomigacha paxta ekdik, lekin kosamiz oqarmadi. Maktab bolalarini ham paxtaga haydadik. Sevimli shoirimiz Abdulla Oripov o‘z davrida chuqur dard va iztirob bilan “Million egatlarga sochilgan o‘zbek”, deb yozganidek, yuz yil egilib paxta terdik.

Yaqin-yaqingacha har yili taxminan 6-7 million odam paxta terimiga majburan safarbar etilardi. Mana, uch yildan buyon ular bu mashaqqatdan qutuldi. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu sohada biz bozor iqtisodiyotining sinalgan va samarali usullarini, jumladan, klaster tizimini joriy etdik. Klasterlar yordamida gektaridan paxta bo‘yicha – 50 sentner, g‘alla bo‘yicha 100 sentnerdan hosil olishni ko‘zlayapmiz va bu marralarga albatta erishamiz”, deydi Prezident. 

Davlat rahbari so‘zida davom etarkan, mamlakatda tezlik bilan hal etilishi kerak bo‘lgan boshqa o‘tkir muammolar ham yig‘ilib qolganini afsus bilan qayd etdi. 

“Hammasi joyida, degan kayfiyat bilan ularni bilib – bilmaganga, ko‘rib – ko‘rmaganga olib, g‘aflat uyqusiga botib yuraverish ham mumkin edi. Lekin bu o‘zimizga, xalqimizga, kelajakka nisbatan xiyonat bo‘lardi.

Ochiq aytmoqchiman: mening tabiatim bunday soxta hayotni mutlaqo qabul qilolmaydi. Xalqimiz menga ishonch bildirdi, ana shu yuksak ishonchni oqlash, el-yurtimizga munosib hayot sharoitini yaratib berish – men uchun hayotimning ma’no-mazmunidir. Men millionlab insonlarning taqdiri uchun mas’uliyatni zimmamga olgan ekanman, islohotlar borasida boshqacha yo‘l tutishim, hammasini avvalgidek qoldirishim aslo mumkin emas.

Takror aytaman: oldimizda turgan ishlarning barchasini o‘zimiz, o‘z kuchimiz bilan qilishimiz kerak, hech kim chetdan kelib biz uchun bironta muammoni hal qilib bermaydi”, deydi Prezident Mirziyoyev. 

Eslatib o‘tamiz, tez orada Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimini egallaganiga 5 yil to‘ladi. Amaldagi davlat rahbarining nomzodi joriy yilning oktyabr oyida o‘tkaziladigan Prezident saylovida O‘zLiDeP partiyasidan ilgari surilgan


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing