Uyg‘urlar unutilmadi. AQSH Xitoyga sanksiyalar qo‘llaydi

Olam

image

AQSH Senati Shinjondagi uyg‘urlarga bosim o‘tkazish siyosati munosabati bilan Xitoyga sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Loyihada xitoylik amaldorlarga qarshi sanksiyalar ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, respublikachi senator Marko Rubio tashabbusi bilan Senatga taqdim etilgan qonun bir ovozdan ma’qullandi. Bundan tashqari, loyiha AQSH Davlat Departamentidan ushbu mintaqada inson huquqlari buzilishi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashni talab qiladi.

“Biz hozirgina Senatda inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qildik, unda Xitoy Kommunistik partiyasi musulmonlarga bo‘lgan qo‘pol muomalasi uchun javobgar bo‘ladi“, deydi Rubio o‘z Twitter sahifasida.

Qonun loyihasida AQSH Prezidenti Donald Tramp, uyg‘ur turklari va boshqa musulmon ozchiliklarga nisbatan bosim va zo‘ravonlik uchun javobgar bo‘lgan ba’zi xitoylik amaldorlarga qarshi sanksiyalar ko‘zda tutilgan.

Ushbu qonun loyihasining versiyasi AQSH Senati tomonidan 2019 yil noyabr oyida qabul qilingan. Vakillar palatasi bir necha o‘zgartirishlar kiritib, 2019 yil dekabr oyida Senatga yuborgandi.

Qonun loyihasini Vakillar palatasi va AQSH Prezidenti tomonidan ma’qullanishi kutilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Sanktsiya Uyg'urlar

Baholaganlar

593

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing