Uyga qaytmaymiz – namoyishchilar Pashinyandan iste’fo so‘ramoqda

Olam

image

Armaniston poytaxti Yerevandagi muxolifat mitingi ishtirokchilari Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’foga chiqmaguncha tarqalishni mo‘ljallamayapti. Bu haqda Armanistondagi muxolifat “Dashnaksutyun” partiyasi vakili Ishxan Sagatelyan miting davomida ma’lum qildi.

“Kelinglar, bir qarorga kelaylik. Birinchisi, hech qachon provokatsiyalarga berilmaslik. Va ikkinchisi, eng muhimi, Pashinyan hokimiyatdan ketmaguncha, tarqalmaslik. Hammamiz bu yerdan uyga qaytmaymiz”, dedi Sagatelyan.

Armaniston poytaxti Yerevan shahrida muxolifat mitinglari bo‘lib o‘tmoqda, ularning ishtirokchilari Pashinyan Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani sababli uning iste’fosini talab qilmoqda. Vazirlar Mahkamasi rahbarining ketishini talab qilayotgan muxolifat kuchlari mamlakat Hukumatining sobiq rahbari Vazgen Manukyanni Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Armaniston aholisi ushbu shartnomani mag‘lubiyatnitan olish sifatida qabul qilib, Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing