Uyda koronavirus yuqtirib olish mumkinmi? Virusolog javob berdi

Salomatlik

image

Uyda ham koronavirusni yuqtirib olish ehtimoli bor. Bu haqda virusolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Anatoliy Alshteyn ma’lum qildi.

Mutaxassis virusni oziq-ovqat yoki suv orqali yuqishi mumkinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatda kasallik ichak infeksiyasi sifatida rivojlanadi.

“Qanday bo‘lmasin, siz qaynatilgan suvdan foydalanishingiz, meva-sabzavotlarni yuvishingiz, mahsulotlarga issiqlik bilan ishlov berishingiz kerak — bu ichak infeksiyasining oldini olish uchun odatiy himoya“, deydi Alshteyn.

Shu bilan birga, virusolog uyda koronavirus bilan kasallanish ehtimolini past darajada baholadi. Shuningdek, mutaxassis infeksiya manbayi bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan muloqotda bo‘lganda, kasallik yuqtirish xavfini qanday kamaytirish haqida maslahat berdi.

“Buning uchun niqoblardan foydalaning, qo‘llaringizni muntazam yuving va o‘zingizni iloji boricha uzoqroq tutishga harakat qiling, ya’ni boshqa odamdan kamida ikki metr narida turing“, deydi virusolog.

Shuningdek, Alshteyn virus zarralari joylashishi mumkin bo‘lgan narsalarning sirtini doim toza tutishni tavsiya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing