Kurs UZS

USD

12 948.10

-9.04

EUR

14 696.09

-6.38

RUB

156.93

0.37

“Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi. Bu nimani anglatadi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayoni yanada tartibga solinadi va“Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi. Bu haqda joriy yil 27 yanvar kuni qabul qilingan “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi:

  • turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;
  • mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;
  • uy-joy qurilishi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;
  • uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;
  • uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.

Shuningdek, farmonga muvofiq, joriy yil 1 iyuldan quyidagilar amalga oshiriladi:

  • ob’ektlarni qurishda qurilish-pudrat tashkilotlari, developerlar va buyurtmachilar tomonidan ulushdorlarning pul mablag‘larini qurilishga ulush kiritish asosida jalb qilish faqat notarial tasdiqlangan va kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ob’ekt qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi;
  • ulushli shartnoma bo‘yicha mablag‘lar ulushdor tomonidan vakolatli tijorat bankida quruvchi, ulushdor va tegishli tijorat banki o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida ochilgan “eskrou” hisobvarag‘iga ularning hisobini yuritish uchun joylashtiriladi va deponentlanadi;
  • ulushdorlarning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari va quruvchining majburiyatlari yuzasidan “eskrou” hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish, mablag‘larni xatlash yoki hisobdan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • birinchi bosqichda quruvchi tomonidan ob’ektni qurish ishlari umumiy hajmining kamida 30 foizi o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgandan so‘ng tijorat banki tomonidan quruvchiga maqsadli kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, ushbu farmon asosida qurilishga ulushdorlarning mablag‘larini jalb qilish joriy yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha “eskrou” hisobvaraqlari orqali hamda hozirda amalda bo‘lgan ulushli ishtirok etish tartibida to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilish mexanizmi bo‘yicha parallel ravishda taraflarning tanloviga ko‘ra amalga oshiriladi. Shuningdek, mablag‘larini jalb qilish 2026 yil 1 yanvardan faqat “eskrou” hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.

“Shaffof qurilish” axborot tizimi doirasida uy-joylar qurilishi bo‘yicha elektron platforma yaratilib, 2025 yil 1 iyuldan to‘liq ishga tushiriladi. 2025 yil 1 iyulgacha ulushli shartnoma bo‘yicha talab qilish va garov huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazishni nazarda tutgan holda ulushli shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va soliq organlariga elektron ko‘rinishda taqdim etib borish tizimi joriy etiladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qurilish Uy-joy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing