Uy tomidan o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Olam
−
22 iyul 2019 8942 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda TIV O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga tayanib xabar berdi.
Bosh konsulxona bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 19 iyul kuni mazkur shaharning Moskva tumanidagi uy tomida O‘zbekiston fuqarosi U.A.ning jasadi topilgan. Politsiya o‘limga elektr toki urishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Vakolatxonasi bilan birgalikda konsullik-huquqiy masalalarni hal qilish va marhumning jasadini Vatanga yuborishda yordam berish bilan shug‘ullanmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025