O‘tgan yilda urushlar uchun qancha pul sarflangani ochiqlandi

Olam

image

O‘tgan 2023 yil davomida dunyodagi urushlar va mojarolar uchun 17 trillion dollar sarflangan – bu pullar farovonlik va qutqaruv loyihalariga, jumladan sog‘liqni saqlash, ta’lim va qurilishga sarflanmagan. Bu haqda kecha, 12 fevral kuni Dubaydagi Butunjahon hukumat forumi ochilish marosimida Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad Abdulla al-Gergaviy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ning taxminan 6 foizi bir yil ichida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolar, masalan, ochlik va savodsizlikka barham berish, saratonga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash yoki insoniyatni toza suv bilan ta’minlash xarajatlarini qoplashi mumkin edi.

Shuningdek, vazir ushbu mablag‘lar ochlik va savodsizlikni bartaraf etish, saraton kasalligiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash, insoniyatni toza suv bilan ta’minlash mumkinligini ta’kidladi.

"Tasavvur qiling-a, agar biz insoniyat oldida turgan boshqa muammolarni hal qilishga ko‘proq sarmoya kiritsak, nimaga erishish mumkin edi", degan al-Gergaviy.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sarhisobi o‘laroq batafsil "2023 – Qonga to‘ymayotgan dunyo" tahliliy maqolamizda o‘qishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay pul mojarolar urushlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing