O‘tgan oy Prezidentga maslahatchi bo‘lgan Aziz Mag‘rupov boshqa ishga o‘tdi
Jamiyat
−
14 iyul 8936 1 daqiqa
Aziz Yo‘ldoshevich Mag‘rupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Yangi tayinlov munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Aziz Mag‘rupov 2018 yilda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2023 yilning 25 avgust kuni Prezident Administratsiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi va unga ko‘ra, Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi. O‘tgan oyda – 23 iyun kuni Prezident farmoni bilan Administratsiya tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi va Prezident yordamchisi kursisini egallab kelayotgan Aziz Mag‘rupov Prezidentning tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident maslahatchilari va Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning o‘rinbosarlari tayinlangandi.