Aziz Mag‘rupov yana yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2025 13155 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimida ishlab kelayotgan Aziz Yo‘ldoshevich Mag‘rupov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Aziz Yo‘ldoshevich Mag‘rupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Aziz Mag‘rupov 2018 yilda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2023 yilning 25 avgust kuni Prezident Administratsiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi va unga ko‘ra, Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi. 2025 yil 23 iyun kuni Prezident farmoni bilan Administratsiya tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi va Prezident yordamchisi kursisini egallab kelayotgan Aziz Mag‘rupov Prezidentning tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi. Bir oydan so‘ng esa u Prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi