Saida Mirziyoyevaning o‘rinbosarlari tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosarlari bo‘ldi:

  • Tamila Anvarovna Aliyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
  • Temur Nuryigitovich Butunboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Nodira Jalalovna Hakimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
  • Sherzod Farhod o‘g‘li Ozodzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;

Shuningdek, Hilola O‘ktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.

Dilnoza Murodovna Ziyomuhammedova esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hilola Umarova Prezidenti Administratsiyasi Tamila Alieva Temur Butunboev Nodira Hakimova Sherzod Ozodzoda Dilnoza Ziyomuhammedova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing