O‘ta xavfli retsidivist qayta o‘g‘irlik qilganligi uchun 6 yilga qamaldi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida qayta o‘g‘rilik qilgani sababli o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan fuqaro 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 21 noyabr kuni soat taxminan 14:30 da fuqaro 59 yoshli E.H., sud tomonidan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bo‘lishiga qaramasdan, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay axloqan tuzalish yo‘liga kirmasdan takroran o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qildi. Mahkum Buxoro shahar Islom Karimov ko‘chasi 146/15-uyga kirish darvozasi ochiqligidan foydalangan holda ushbu uyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, fuqaro Sh.I. ga tegishli bo‘lgan narxi 2 000 000 so‘mlik oq rangli ikki bosh qo‘ylarini yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha Ichki ishlar organi Fuqaroviy masalalar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan E.H., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 4 qismi "b" bandi (o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida E.H. ga ayblov e’lon qilinib, "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 2020 yil yanvar oyida jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish masalasini hal qilish uchun shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2020 yil 10 fevral kunidagi hukmiga ko‘ra, fuqaro E.H., JKning 169 moddasi 4 qismi "b" bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV jinoyat retsidivist

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing