Usoma bin Ladenning o‘g‘li Fransiyadan deportatsiya qilindi

Olam

image

Fransiya hukumati xalqaro terroristik tashkilot “Al-Qoida”ning sobiq rahbari Usoma bin Ladenning o‘g‘li Omarga mamlakat hududiga kirishni rasman taqiqladi. Bu haqda Fransiya Ichki ishlar vaziri Bryuno Retayo X'dagi sahifasida xabar berdi.

Vazirga ko‘ra, Omar bin Laden shu vaqtgacha bir necha yil davomida Britaniya fuqarosi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan birga Fransiyaning shimoliy Orne departamentida yashagan. Ammo, Fransiya hukumati o‘tgan yili ijtimoiy tarmoqlarida terrorizmni targ‘ib qiluvchi izohlarni joylagani sababli uni respublikadan chiqib ketishga majbur qilish haqidagi qarorni talab qilgan. Sud bu talabni qonuniy deb topganidan so‘ng, hukumat Omarning Fransiyadan chiqib ketishini ta’minlagan.

“Ma’muriy tarzda Omar bin Ladenga Fransiyaga kirishni taqiqlovchi qaror orqali u hech qanday sabab bilan mamlakatga qayta olmaydi”, deydi Retayo.

Ma’lumot uchun, Usoma bin Laden – xalqaro terroristik tashkilot “Al-Qoida” asoschisi va sobiq rahbari bo‘lib, 2001 yilning 11 sentyabrida Nyu-Yorkdagi egizak minoralar portlatilgan yirik terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. AQSH hukumati rasmiy versiyasiga ko‘ra, bin Laden 2011 yilning 2 may kuni Pokistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Abbottobod shahridagi villada maxsus operatsiya davomida yo‘q qilingan. “Al-Qoida” ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya “Al-Qoida” Usoma bin Laden Omar bin Laden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made