Usmonovaning harakatlarini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi – Kusherboyev
Jamiyat
−
05 may 2020
48470Kecha, 4 may kuni Yulduz Usmonovaning Ichki ishlar xodimlarini keskin tanqid qilib, haqoratlab yo‘llagan videomurojaati ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xonandaning bir nechta xodim sabab butun tizimni qoralashi jamoatchilik tomonidan iliq qarshilanmadi.
Yulduz Usmonovaning xatti-harakatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev munosabat bildirib, uni hech bir shaklda oqlab bo‘lmasligini ta’kidladi.
“Men ichki ishlar sohasida vijdonan mehnat qiladigan, mard, jasur, halol minglab xodimlarni bilaman va ularning ko‘pchiligini o‘zimning yaqinlarim qatorida ko‘raman.
Ularga osonmas. Buning nimagaligini o‘zlari yaxshi biladi. Biroq burch, mas’uliyat tuyg‘usi hammasiga chidashga, o‘z ishini bajarishga undaydi ularni.
Kuni kecha madaniyat sohasi vakili Yulduz Usmonovaning butun ichki ishlar sohasiga qilgan munosabati hech narsa bilan oqlab bo‘lmas holat, deb bilaman.
Albatta qonunlardagi tenglik prinsipidan kelib chiqib, fuqaro sifatida ularning ushbu harakatiga huquqiy baho berilishi shart”, deydi deputat Kusherboyev.
Qayd etish kerakki, Rasul Kusherboyev “Bosar-tusarini bilmagan deputat” masalsida ham fikr bildirib, Ichki ishlar tizimida ko‘plab insofli va halol xodimlar ishlashini, umuman tizim ishchilari ko‘p hollarda ortiqcha va o‘zlariga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etilishini ta’kidlab o‘tgandi. Shunga qaramay, Kusherboyev “Namanganlik deputat ishida” IIV Matbuot xizmatini qoralagandi.
Eslatib o‘tamiz, Madaniyat va Ichki ishlar vazirliklari Yulduz Usmonovaning vidoyemurojaatiga munosabat bildirdi. IIV xonandaning hatti-harakati bo‘yicha surishtiruv boshlanganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi