Usmonxon Alimovga ta’ziya maktublari kelmoqda

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 11 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning ukasi Islomxon Alimov vafot etgani haqida xabar bergan edik. 

Usmonxon Alimovga ukasi Islomxon Alimov vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlar muftiylari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.  Xususan, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi, Rossiya muftiylar kengashi raisi Muftiy Ravil G‘aynuddin, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda ta’ziya maktublarini yo‘llaganlar. 

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozodaning ta’ziya maktubida shunday deyiladi:

Aziz Qardoshim Usmonxon hazratlari!

Ukangiz Islomxon Alimovning vafoti xabari qardosh Ozarbayjon musulmonlari tomonidan chuqur qayg‘u bilan qarshilandi. Shaxsan o‘z nomimdan va Kavkaz musulmonlari idorasining barcha xodimlari nomidan marhumning xotirasi qarshisida ehtirom-la rahmat tilaymiz. Sizning oilangizga va butun qardosh O‘zbekiston musulmonlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Alloh rahmatiga olsin, joyi Na’im jannatlarida bo‘lsin!

Ma’lumot o‘rnida, Usmonxon Alimov Butun dunyo Islom uyushmasi ta’sis hay’ati hamda Butun dunyo ulamolari kengashi a’zosi hisoblanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Usmonxon Alimov

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing