Usmonxon Alimov “Ramzan Qodirov” masjidi ochilishida qatnashadi
Jamiyat
−
22 avgust 2019
6845Ertaga, 23 avgust kuni Chechenistonning Shali shahrida Ramzan Qodirov nomidagi masjid va Qur’on hofizlari maktabi ochiladi. Ushbu masjid Yevropaning eng katta masjidi ekani aytilmoqda.
Mazsjid ochilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi – muftiy Usmonxon Alimov ham ishtirok etadi. Bugun, 22 avgust kuni Ramzan Qodirovning taklifiga binoan Shali shahrida bunyod etilgan muhtasham masjidning ochilish tadbirida ishtirok etish uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga Hukumat vakillari, ulamolar, mudarrislar va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilgan.
Ushbu nufuzli marosimda davlat va din arboblari, muftiylar, taniqli islom ulamolari, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etadi. Shuningdek, masjidning ochilish marosimi doirasida turli diniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumki, mazkur ulug‘vor masjid me’morchilik an’analarini bezavol saqlab kelayotgan mahoratli o‘zbek me’morlari tomonidan loyihalashtirilgan va Markaziy Osiyoga xos uslubda qurilgan.
Uning qurilish ishlariga 2012 yilda start berilgan edi. Masjid atrofida har biri 63 metrlik to‘rt binora o‘rab turadi. Masjid gumbazlari esa 43 metr balandlikda barpo etilgan. Masjidning ichki va tashqi devorlari oq yunon marmari bilan bezatilgan.
Masjid bir vaqtning o‘zida 20 ming namozxonni sig‘dira oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 16 oktyabr kuni Checheniston Respublikasi Prezidenti Ramzan Qodirov O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan.
LiveBarchasi