Usmonxon Alimov oilasida og‘ir judolik

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi – muftiy Usmonxon Alimov oilasi og‘ir judolikka uchradi. Usmonxon Alimovning ukasi Badriddinxon Temirxon o‘g‘li Alimov vafot etdi. 

Marhumning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Usmonxon Alimovning oilasiga hamdardlik bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 11 iyul kuni Usmonxon Alimovning ukasi Islomxon Alimov ham vafot etgan edi. 

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga, xususan Usmonxon Alimovga ta’ziya bildiramiz.


Maqola muallifi

Teglar

Usmonxon Alimov

Baholaganlar

1578

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing