Usmonxon Alimov Moskvada davolanayotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
23 iyul 2021
12187Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning salomatligini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilayotgani haqida xabar bergan edik.
Musulmonlar idorasi muftiy Usmonxon Alimovning salomatligi bo‘yicha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, muftiy ayni vaqtda Moskvadagi shifoxonada davolanmoqda.
“Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ayni kunda Moskva shahrida o‘pka-qon tomir kasalliklari muolajasini o‘tamoqdalar. Hazratning holatlari barqaror. Zarur, barcha chora-tadbirlar malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Muftiy hazratlarining haqlariga Alloh taolodan shifoi komil, tan-sihatlik, uzoq umr, musulmon ummatiga va xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishlarini Yaratgan Parvardigordan iltijo qilib qolamiz”, deyiladi idora xabarida.
Ma’lumot uchun, Usmonxon Alimov hozirda 71 yoshda. U 2006 yil 8 avgustda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga tayinlanib, 15 yildan buyon shu lavozimda samarali faoliyat olib bormoqda.
LiveBarchasi