Usmonxon Alimov “Islom Obod” jome masjidi poydevoriga tamal toshini qo‘ydi

Jamiyat

Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan “Islom Obod” jome masjidi qaytadan barpo etilmoqda. Shu munosabat bilan bugun, 11 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi, Nuriddin domla Xoliqnazarov va bir guruh ulamolar ishtirokida “Islom Obod” jome masjidi poydevoriga tamal toshi qo‘yildi.

“Islom Obod” jome masjidida 4ta 63 metr balandlikdagi minora qad rostlamoqda. O‘zbekistonning hech bir masjidida bunday balandlikdagi minora yo‘qligi va birinchi marotaba 4ta minora qad rostlayotgani mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etildi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi Usmonxon Alimov:

“Barcha sohalar qatori, diniy sohamizda ham juda katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Mana shulardan bittasi “Islom Obod” jome masjidining qurilishi boshlangani sabab, ahli-ilmlar, imom domlalarimiz va mahalla faollari yig‘ilib, ushbu masjidning poydevoriga tamal toshini qo‘yishga musharraf bo‘ldik.

“Islom Obod” masjidini namozxonlarga qulaylik yaratish uchun, keng tarzda barpo etyapmiz. Ushbu masjid, o‘z bag‘riga 8 000 nafar odamni sig‘dira oladi. Masjidning yerto‘lasida ham, bemalol namoz o‘qishlari mumkin. Tahoratxona ham mana shu jamoatga moslashgan holda qurilmoqda. Ya’ni 150 kishiga mo‘ljallangan tahoratxonani qurishni rejalashtirib qo‘yganmiz.

Men, birinchi marotaba masjid poydevoriga tamal toshini qo‘ymayapman. Nechta masjidga tamal toshini qo‘yganimni hisobini bilmayman. Juda ham ko‘plab masjidlarning poydevoriga tamal toshini qo‘yganman. Shuning uchun ham, ularning hisobini ololmayman. Bu Allohning ulkan sharafi. Bugun, 10ta yoki 20ta masjidga tamal toshini qo‘ydik, deb ayta olmayman”, deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov


Maqola muallifi

Teglar

Usmonxon Alimov Islom Obod

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing