Usmonxon Alimov dunyoning nufuzli musulmonlari ro‘yxatidan joy oldi

Jamiyat

image

Ummonda joylashgan Sultonlik Islomiy ctrategik tadqiqotlar markazi an’anaviy ravishda e’lon qilib kelinadigan “Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni” ro‘yxatining 2020 yil uchun sarhisobini chop etdi. Mazkur ro‘yxatda O‘zbekistondan yana Musulmonlar idorasi raisi–muftiy Usmonxon Alimov o‘rin olgan. 

Ushbu ro‘yxat 2009 yildan beri Amerikaning George Town universiteti qoshidagi Shahzoda Al-Valid bin Talal markazi bilan hamkorlikda muntazam ravishda tuzib kelinadi. 

Dunyoning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatinining birinchi o‘rni pokistonlik Shayx Muhammad Taqiy Usmoniyga nasib etgan. 

Ikkinchi o‘rinda Eron Oliy diniy ruhoniysi Oyatulloh Said Ali Homanaini ko‘rish mumkin. 

Abu Dabi valiahdi Zayd Al-Nahyon esa uchinchi o‘rinni zabt etgan. 

Kuchli beshlikdan Iordaniya podshohi Abdulloh ibn al-Husayn va Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdul Aziz ol Saud joy olgan.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa oltinchi o‘rinda turibdi. 

Taniqli futbolchi Muhammad Saloh esa ushbu ro‘yxatning 44 o‘rnini zabt etgan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi-muftiy Usmonxon Alimov ushbu ro‘yxatning birinchi 50taligiga kirmagan. 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlaridan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu ro‘yxatdan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Usmonxon Alimov The Muslim 500

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing