Usmonxon Alimov bilan uchrashuv talab qilgan ikki shaxs ustidan sud boshlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 aprel kuni O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov bilan uchrashuvni tashkillashtirishni qo‘pol tarzda talab qilgan Rustambek Karimov va Tulkun Astanov ustidan bugun, 6 sentyabr kuni Toshkent shahar sudida ochiq sud ishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Rustambek Karimov – 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, muqaddam sudlangan, vaqtincha ishsiz. 

Tulkun Astanov – 1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Ma’lumoti – o‘rta-maxsus, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz. 

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orif Qlichev raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Rustam Karimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 1-qismi, T.Astanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Bugungi sud majlisida sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglandi.

Sud jarayoni davom etmoqda. 

Keyingi sud majlisi 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, R.Karimov va T.Astanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasiga asosan ushlanib, DXX tergov hibsxonasiga joylashtirilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Rustam Karimov Tulkun Astanov

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing