Usmon Azim Qozog‘istonda mukofotlandi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim Qozog‘istonning adabiyot sohasidagi xalqaro “Alash” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mukofot ijodkorga Olmaota shahrida Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi tashkil etilganining 90 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda topshirilgan.

Shuningdek, ushbu mukofot Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TÜRKSOY) tashkiloti bosh kotibi Sulton Rayev, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi Anor Rzayev, Turkiya Yozarlar birligi raisi Musa Kozim Arijan, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Arslan Koyshiyev kabi atoqli ijodkorlarga ham topshirilgan.

Ma’lumot uchun, Usmon Azim 1950 yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. 1972 yilda Toshkent Davlat universiteti – hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida ta’lim olgan. U o‘zining “Insonni tushunish” nomli ilk kitobi bilan 1979 yilda adabiy jamoatchilik e’tiboriga tushgan. Shundan so‘ng shoirning “Holat”(1979), “Oqibat” (1980), “Ko‘zgu” (1983), “Surat parchalari” (1985), “Dars” (1985), “Ikkinchi aprel” (1987), “Baxshiyona” (1989), “G‘aroyib ajdarho” (1990), “Uyg‘onish azobi” (1991), “G‘ussa” (1994), “Uzun tun” (1994), “Bor ekan-da, yo‘q ekan” (1995), “Saylanma” (1995), “Kuz” (2001) kabi she’riy va “Jodu” (2003), “Adibning umri” (2010), “So‘ngso‘zlar” (2020) nasriy to‘plamlari, nasr va nazmdan iborat “Kollaj” (2018) nasriy to‘plamlari nashr etilgan.

Qolaversa, Usmon Azim uch mingga yaqin she’riy asarlar muallifi sanaladi. U Gruziyaning Vladimir Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (1982). “Do‘stlik“ ordeni (1998) bilan mukofotlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning qarori bilan O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid “Hurmat” ordeni bilan taqdirlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Usmon Azim Alash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar