O‘smirlar o‘rtasida bo‘lgan “samosud”ni kimlar qilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Ikki nafar o‘smir bir guruh shaxslar tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklangani tasvirga tushirilgan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan edi. 

Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida bu ishni kimlar qilganiga oydinlik kiritildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, videoda tasvirlangan holatlar 2018 yil mart oyining boshlarida Toshkent viloyati, Angren shahri, Ohangaron ko‘chasi, 2/5 daha qarshisida joylashgan 72-sonli avtokorxonaning orqa tomonida bo‘lib o‘tgan. Unda 2001 yilda tug‘ilgan S.P. uch nafar tengdoshi bilan tanishlari Sh.F. va Sh.T. larni ilgari yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli urib tepgan. 

Keyinchalik mazkur holat mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ikki tomonning ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan. Kelishmovchilikka barham berilgan, holat ishtirokchilarining bir-birlariga nisbatan da’vosi yo‘qligi aniqlangan.

“Fuqaro S.P. bilan suxbatlashilganda, mazkur video qaysi yo‘l bilan tarqalib ketganini bilmasligini, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirib, ushbu holat yurtdoshlarimiz orasida shov-shuvga va ularning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganligi uchun kechirim so‘ragan”, - deyiladi ma’lumotda.


Maqola muallifi

Teglar

samosud O'smirlar

Baholaganlar

597

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing