O‘smirlar orasida giyohvandlik urchiyapti. Hukumat xavotirda
Olam
−
14 mart 2023
8547Qozog‘istonda rasman ro‘yxatga olingan 18 ming giyohvand bor, ammo ular statistik ma’lumotlarda ko‘rsatilganidan besh baravar ko‘p. Shu bois mamlakatda oliy ta’lim muassasalarida talabalarni doimiy skrining tekshiruvdan o‘tkazish amaliyoti joriy qilinyapti. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanov Giyohvandlik bilan kurashishning uch yilga mo‘ljallangan kompleks rejasida aytilgan.
Mazkur rejaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
• giyohvandlikning o‘ta xavfli turlari, ayniqsa, sintetik giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish;
• giyohvandlikni erta aniqlash tizimini joriy etish;
• giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi shaxslarning hisobini shakllantirish; vakolatli organlarning vakolati va maqomini oshirish;
• moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Vazirning aytishicha, giyohvandlik bilan bog‘liq vaziyatga uchta asosiy omil ta’sir ko‘rsatmoqda:
• afg‘on geroinining Shimoliy yo‘nalish bo‘ylab Markaziy Osiyo davlatlari, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa davlatlar orqali olib o‘tilishi
• Yevropaga, janubiy viloyatlarda (Shuya vodiysi va Qizilo‘rda viloyati) nasha xomashyo bazasi mavjudligi;
• eng xavfli omil – sintetik giyohvand moddalarning tarqalishi.
Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonda joriy yilda qayd etilgan har yettinchi jinoyat narkotik savdosi bilan bog‘liq. Jumladan, 604 ta giyohvandlik bilan bog‘liq noqonuniy saytlar aniqlangan.
“Bugungi kunda talabalar o‘rtasida giyohvand moddalarni iste’mol qilish faktlari aniqlanmoqda. Shu bois kelgusida skrining tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Bu jamiyatda giyohvandlik darajasini xolisona baholash, shuningdek, giyohvandlik holatlarini erta bosqichda, ayniqsa, o‘smirlar o‘rtasida aniqlash imkonini beradi”, deya tushuntirdi IIV rahbari.
Axmetjanov Qozog‘istonda giyohvandlarni aniq va ishonchli ro‘yxatga olish yo‘qligini aytib o‘tgan. Davlatda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan 18 ming nafar narkoman bor, biroq ularning haqiqaiy soni rasmiy raqamlardagidan besh barobar ko‘p, deydi ekspertlar.
Hukumat yig‘ilishida IIV rahbarining aniqlik kiritishicha, skrining tekshiruvi ta’lim muassasalariga, ishga joylashish, davlat xizmati va Qurolli Kuchlar safiga qabul qilinganda tibbiy ko‘rikdan o‘tish doirasida o‘tkazilishi taklif etiladi.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi