Usman super jangda qit’adoshiga sekundantlik qiladi

Sport

image

UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni hamda vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng yaxshi jangchisi Kamaru Usman super og‘ir vaznda vaqtinchalik chempion Siril Gan bilan jangida divizion chempioni Fransis Ngannuga sekundantlik qiladi.

“Men sovuqqon qotilni ko‘rmoqdaman. Har bir jangda Fransis o‘zini shunday tutadi. Bunday katta nopokni kamdan-kam uchratish mumkin. Ngannu xonaga kirganda, hamma uning kelganidan xabar topadi. U – xotirjam va doimo tayyor holatda. O‘ylaymanki, ikkalasi ham chempion bo‘lishga loyiq, ammo eng kuchlisi g‘alaba qozonadi”, deydi Usman.

Eslatib o‘tamiz, Ngannu va Gan ertaga, 23 yanvar kuni AQSHning Anaxaym shahrida (Kaliforniya) bo‘lib o‘tadigan UFC 270 turnirida o‘zaro bahs olib boradi. Sobiq jamoadoshlarning dueli oqshomning markaziy bellashuvi bo‘ladi. 

Shuningdek, “co-main event” jangida eng yengil vazn toifasi chempioni Brendon Moreno va sobiq chempion Deyvison Figeyredo juftligi oktagonga ko‘tariladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Kamaru Usman Ngannu Siril Gan

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing