O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Nodirjon Valijonovich Qosimov O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Nodirjon Qosimov bugungacha, “GM Uzbekistan” (hozir UzAutoMotors) va “O‘zagrosanoatmashxolding” aksionerlik xolding kompaniyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu inspeksiya qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

48

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing