Usik og‘ir mashg‘ulotlari haqida gapirdi

Sport

image

Professional boksning WBA, WBO, IBF va IBO bo‘yicha og‘ir vazn toifalari o‘rtasida Ukraina chempioni Aleksandr Usik ukrainalik bolalar bilan uchrashuvda hayotidagi eng og‘ir mashg‘ulotlar haqida gapirib berdi.

“2012 yilgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotganimizda basseynda 10 km masofaga suzganmiz. To‘xtab turolmas edik. Biz 5 soat 3 daqiqa davomida masofani bosib o‘tdik. Aniqrog‘i, men. Bu oson emas edi, lekin men buni amalga oshirganimdan so‘ng, men hech qanday muammosiz kosmik kemaning uchuvchisi bo‘lishim mumkin deb o‘yladim, chunki buncha vaqt to‘xtamay suzishdan ko‘ra qiyinroq ish yo‘qdek tuyuldi”, deydi Usik.

Shuningdek Aleksandr Ukraina boks va yunon-rum kurashi federatsiyasining sportchilariga  mahorat darsi o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida bolalar chempion bilan uning yaqinda Entoni Joshua bilan o‘tkazgan jangi va Usikning ikki vazn toifasida birinchi bo‘lib mutlaq Jahon chempioni bo‘lishini muhokama qilishdi. Usikning tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad xayriya dasturlari ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash edi.

Eslatib o‘tamiz, “mushuk”ning promouteri Aleksandr Krasyukning so‘zlariga ko‘ra, agar Usik Joshua ustidan g‘alaba qozonsa, WVC chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga ko‘tariladi. Bellashuvga Kiyev shahri mezbonlik qilishi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina WBA Joshua IBF WBO IBO Prof Boks Usik

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing