Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

O‘shda O‘zbekistonga “tabletka” yetkazib beruvchi guruh ushlandi (video)

Olam

image

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekistonga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berish kanalini tashkil qilgan jinoiy guruh yo‘q qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining Narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qorasuv tumani prokuraturasi va Qorasuv tumani IIB tergov xizmati bilan hamkorlikda tezkor tadbir amalga oshirilgan. Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 292-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan va noqonuniy dorilar savdosiga aloqador yetti kishi hibsga olingan.

Ko‘p bosqichli maxsus operatsiya davomida hibsga olingan shaxslardan katta miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar musodara qilingan. Ushbu dorilar faqatgina Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 26 sentyabrdagi tegishli buyrug‘iga muvofiq shifokor retsepti asosida realizatsiya qilinishi mumkin.

Musodara qilingan dorilarning umumiy bozor qiymati 5,5 million somdan (810 mln so‘m) oshadi.

Bildirilishicha, hozirda sud-kimyoviy ekspertizalari tayinlangan, jinoiy guruhning boshqa ishtirokchilarini aniqlash va kontrabanda kanallarini fosh etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda. Hibsga olingan shaxslar vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Namangan-Andijon” yo‘nalishida harakatlangan Cobalt rusumli avtomashina Andijon shahrida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qirg‘iziston fuqarosi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsga tegishli 1 kilogramm 702 gramm “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

kontrabanda Qirg'iziston tabletka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing