O‘shda sel oqibatida tilla bozoridagi taqinchoqlar suvda oqib ketdimi?

Olam

image

Joriy yilning 14 iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh shahrida kuchli sel oqibatida yo‘llar hamda markaziy bozor ichi suv bilan to‘lgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, sel suvlarining bozor ichiga kirishi ortidan u yerda joylashgan tilla markazi taqinchoqlari oqib ketgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ bilan suhbatda bo‘lgan mahalliy aholi vakili buni tasdiqladi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, bozorda asosan maishiy texnika hamda kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanadigan savdogarlar jabr ko‘rgan. Konditsionerdan tortib televizorgacha bo‘lgan ko‘pgina sotuv buyumlari suv tagida qolib ketgan. Bozor ichida turgan avtomobillar ham oqib ketgan.

Ma’lumot uchun, O‘sh shahrida sel oqimi tufayli 4 kishi vafot etdi. Ularning barchasi bir oilaning a’zolari. Keyinroq Andijon viloyati hududidan 7 yoshli qizaloqning jasadi topilgan. Qizning jasadi “Do‘stuk” chegara posti orqali Qirg‘iziston tomoniga topshirilgan. Kecha, 15 iyul kuni tushdan keyin O‘zbekiston chegarasidan 500 metr uzoqlikda 44 yoshli ayolning jasadi topilgan. Kechqurun qutqaruvchilar O‘zbekiston hududidan 10 va 19 yoshli opa-singilning jasadini topdi. Bundan tashqari, aholini evakuatsiya qilish paytida bir kishi yuk mashinasining shinalariga urilishi oqibatida halok bo‘lgan. Shifoxonaga jami 30 kishi yordam so‘rab borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston sel taqinchoqlar tilla bozor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing