O‘shda Navoiyga haykal qo‘yildi

Olam

image

Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi bog‘da turkiy xalqlar shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning yangilangan haykali tantanali ochildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, marosimda O‘sh shahri hokimi Jenishbek Toktorbayev, shahar kengashi raisi Bolot Bayetov, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev, shuningdek, shahar aholisi va madaniy jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.

Mahalliy hokimiyat tashabbusi bilan yangilangan haykal qirg‘iz va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida baholanmoqda. Tashkilotchilarning aytishicha, loyihaning maqsadi – umumiy madaniy merosni saqlab qolish va qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashdan iborat.

“Alisher Navoiy – butun turkiy-musulmon sivilizatsiyasining asosiy siymolaridan biridir. Uning ijodi birlashtiradi. Bugungi kunda madaniyat xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik ekani haqida eslatish har qachongidan ham muhim”, dedi shahar hokimi o‘z nutqida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida O‘shning markaziy maydonida Vladimir Lenin haykali demontaj qilingan edi. Bir qator OAVlar bu harakatni tarixga bog‘lab, “do‘stlik bog‘ichining uzilishi” deya izohlagandi. Leninning ushbu haykali Markaziy Osiyo va butun dunyodagi eng baland haykallardan biri bo‘lib, uning balandligi 25 metr edi. Haykal 1975 yilda o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Alisher Navoiy O'sh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing